Ilmiy-tadqiqot ishlari muhokamasi
Umumtexnik fanlar kafedrasida institut tayanch doktoranti A.N.Akbarovning t.f.d (DSc)., dots. Sh.Sh.Kenjaboyev rahbarligida 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligida “Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusida bajarilgan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berish uchun kafedralaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminar jarayonida “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Metrologiya va standartlashtirish” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan dissertatsiya ishi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tishdi. Muhokama yakunida A.N.Akbarovning dissertatsiya ishi OAK Nizomi talablariga mos ravishda bajarilganligi ta’kidlandi hamda institut huzurida tashkil etilgan ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengashga hujjatlarni topshirilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.