Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Transport fakulteti talabalariga dars o‘tdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev Transport fakulteti talabalariga dars o‘tdi. Dars “Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda institutda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan faoliyat haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga startap loyihalar, turli fond va jamg‘armalar tomonidan ajratilayotgan grantlari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Ularning mavzu yuzasidan savollariga atroflicha javoblar berildi.
NamMQI media markazi