Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov "Yoshlar oyligi" doirasida Namangan yoshlari vakillari bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida viloyat rahbari nufuzli tanlovlar g‘oliblari hamda innovasion loyihalar mualliflari bo‘lgan ixtirochi-innovator yoshlarning yangi innovasion loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi 2024-yilning birinchi yarim yilligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
"Hokim va yoshlar" uchrashuvida institutning 10 nafardan ortiq yigit-qizlari o‘zlarining murojaat, takliflari va ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.
Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar hal etilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.