• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Harakat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjumanga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yil 23-24 fevral kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutida “Farg‘ona vodiysida xavfsiz harakatni ta'minlash: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konferensiyaga tayyorgarlik doirasida institut Transport fakulteti binosida viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sharof Islomov boshchiligidagi mutasaddilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda institut ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev va mezbon Transport fakulteti professor-o‘kituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida konferensiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar, taklif etiladigan mehmonlar, konferensiyani o‘tkazish tartibi haqida maslahatlashib olindi.

Mehmonlar institut Bionika laboratoriyasida ham bo‘lib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

NamMQI media markazi

  • Share :