• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi”

Institutda prorektorlar, boʻlim boshliqlari va xodimlar ishtirokida “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev, xodimlar boʻlimi boshligʻi Ahmadjon Soliyev, yurist-maslahatchi Azamat Ikramov soʻzga chiqdi. Ular “Halollik vaksinasi” korrupsiyaga qarshi immunitentni shakllantirish, oliy taʼlim muassasalarida bu illatga yoʻl qoʻymaslikda muhim omil ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tayyorlangan taqdimot va videorolik namoyish etildi.

Oʻzaro muloqot davomida mavzu yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi, savollarga batafsil javoblar berildi.

  • Share :