“Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” oyligi doirasidagi tadbir institut asosiy binosida ham davom etdi
Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi va talabalarga uchrashuvga kelgan mehmonlarni tanishtirdi.
O‘zbekistan Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Matlyubov boshchiligidagi ishchi guruh a'zolarining mavzu yuzasidan chiqishlari tinglandi.
Yig‘ilganlarga "Giyohvandlik: o‘ylamay bosilgan qadam" nomli hujjatli film namoyish etildi.
Film namoyishidan so‘ng talabalar ishchi guruh a'zolariga o‘z savollari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
NamMQI media markazi