• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

G‘ALABA

Azaldan bir ajib naql bor,
Birga bo‘lgan o‘zar on sayin
Tarqoqlikka o‘rganib qolgan,
Birlashmagan to‘zishi tayin.

Bugun yana natijalar zo‘r,
Yana omad o‘rnini bildi.
“Ochiq byudjet” loyihasida 
Oliygohim g‘alaba qildi.

Nayranglarga qo‘l urmadik hech,
Haqqoniylik qonimizda bor.
O‘qituvchi, talaba, rahbar,
Adolatga har dam tarafdor.

Quruvchilik, birlashuvchanlik
Isbotlandi bugun qaytadan.
Nega kuyib, yonmayin, axir
Oliygohim—ikkinchi Vatan.

“Yana senmi, yozdingmi” dersiz,
Ha yozaman, chunki farzandman.
Bizdan keyin ta'lim oluvchi—
Ukalarim uchun xursandman.

Ahmadjon Muxtorjonov

  • Share :