• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha seminar-brifing o‘tkazildi

Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti va institut mehnat muhofazasi bo‘limi mas'ulligida   viloyat FVB bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va texnogen ofatlar davrida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha talabalar bilim va ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida seminar-brifing tashkil etildi. 

Tadbir dastlab nazariy shaklda o‘tkazilib, unda Namangan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i G‘ulomjon Ismoilov, Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi boshlig‘i Feruzbek Yo‘ldashev, markaz katta o‘qituvchisi Dilmurod Abduraxmanov, Namangan shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Iskandar Nuraliev va boshqa vakillar ishtirok etdi. 

Tadbirning amaliy qismida mutaxassislar tomonidan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlar vaqtida foydalaniladigan maxsus jihozlar va uskunalar haqida tushunchalar berildi hamda talabalarning ko‘plab savollariga batafsil javoblar qaytarildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :