«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi NamMQI talabalari bilan muloqot o‘tkazdi
Institutning Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'tetida «Balance Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi Avazbek Nishanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
NamMQI media markazi va fakul'tet mutasaddilari tashabbusi bilan tashkillangan tadbirni rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev olib bordi.
«Balance Tex» 150 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladigan, yillik mahsulot aylanmasi 1,5 mln dollar bo‘lgan, mahsulotlari MDH davlatlariga eksportga yuborilayotgan yirik tekstil' korxonasi hisoblanadi. Davlat rahbari Namanganga tashrifi chog‘ida ushbu korxonada bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlarga yuksak baho bergandi.
Tadbirkorning bosib o‘tilgan yo‘l va bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat haqidagi hikoyasidan so‘ng talabalar bilan qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning Prezident bilan uchrashuv, biznes yuritish sirlari, raqobat muhitiga oid ko‘plab savollariga batafsil javob berildi.
NamMQI media markazi