Fanlar akademiyasida "Bino va inshootlar zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizlikni ta'minlash va mexanikaning amaliy masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan tashkillangan anjumanda Buyuk Britaniya, Shotlandiya, Rossiya, AQSh, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Jazoir, Falastin, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi dunyoning 20 ortiq mamlakat vakillari online va offline tarzda qatnashdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda NamMQI Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi professori Sharofiddin Yuldashev, dotsent Shirin Jumaboyeva, doktorant Fahritdin Yuldashev va Akbarjon Abdunazarov maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Qizg'in o'tgan muhokama jarayonida barcha savollarga javob berildi. Shuningdek, institutda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar va loyihalar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.