Endi vazirlik tizimini rivojlantirish uchun taklif bildirish yanada osonlashdi!
Taʼlim hamda ilm-fan sohasiga oid islohotlar natijalarini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan jamoatchilikning taklif va fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida “Muloqot portali – taklif.edu.uz” ishlab chiqildi.
Ushbu portal orqali oliy, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, bilim va malakalarni baholash yoʻnalishida hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohalariga oid masalalar boʻyicha takliflar qabul qilinadi.
Taklif va tashabbuslaringiz bilan taʼlim hamda ilm-fan sohasi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!