• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E’LON

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi. 

Vazirlar Mahkamasining  qarori   bilan tasdiqlangan  nizomga   muvofiq  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlardan hujjatlar qabul qilinadi. 

Tayanch doktorantlarga davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilangan: 

Talablar:

  • Yetakchi ilmiy nashrlarda(kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi; 
  • O‘zbekiston tarixini bilish; 
  • Xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi; 
  • Barcha malakaviy imtihonlarni “a’lo” bahoga topshirishi; 
  • Dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak); 
  • Tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi; 
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga dastlabki ko‘rib chiqish uchun davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi 

    Ishga quyidagilar ilova qilinadi: 

  • mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari; 
  • ilmiy ishlar ro‘yxati; 
  • ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar. 
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 25-oktabrgacha qabul qilinadi.  
  • Share :