J.B.Eshonjonovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz.
FVV Akademiyasi – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
J.B.Eshonjonovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz.
Ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy seminarda J.B.Eshonjonovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida oflayin va on-line (masofaviy) rejimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sizlarni 2022 yilning 19-октябрь kuni soat 10:00 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi PhD.40/30/12.2020.T.129.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning Ilmiy seminariga taklif etamiz.
Kun tartibi:
Talabgor Eshonjonov Jaxongir Baxromjonovichning “Yengil yog‘och karkasli tom yopma konstruksiyasi, kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va olovbardoshligini oshirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi hamda 05.09.01-Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar ixtisosliklari tutashligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: t.f.d., professor S.J.Razzaqov.