Doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul kvotalari asosida qabul qilingan tadqiqotchilar, ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudirlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
Muloqotda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzaev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshodbek Abduvahobov ishtirok etdi.
Suhbat davomida tadqiqotchilarga dissertatsiyalarini belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha institut tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi alohida ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, tadqiqotchilarning yakka tartibdagi ish reja va nazariy metodologik dasturlarini tayyorlashi hamda ilmiy rahbarlar tomonidan bajariladigan ishlar batafsil tushuntirilib o‘tildi.
NamMQI media markazi