Diqqat, soʻrovnoma!
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoʻl muhandisligi kafedrasi tomonidan “Namangan shahrida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bosh rejasini ishlab chiqish” loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Viloyat markazida jamoat transportini yanada rivojlantirish, toʻlov tizimini takomillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish kabi koʻplab yoʻnalishlarni qamrab olgan mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida quyidagi soʻrovnomada ishtirok etishingizni soʻraymiz.
Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!