DIQQAT MUHIM!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, qo‘mondonlik tavsiyanomasi bilan Namangan muhandislik-qurilish institutiga kontrakt asosida (faqat kunduzgi ta'lim shakliga) o‘qishga qabul qilingan va Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab beriladigan 35% miqdoridagi imtiyozga da'vogar talabalar bugundan boshlab, institut Yoshlar ittifoqi xonasiga kelib ariza bilan murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilamiz (Ariza namunasi quyida berilgan).
Arizalar joriy yilning 4-fevrali hamda hujjatlar yig‘ma jildi 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: belgilangan muddatda murojaat qilmagan talabgorlar imtiyoz olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi…