• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Davra suhbati tashkil etildi

Institut TTJ tadbirlar zalida MKK fakulteti tashabbusi bilan qishki ta'tildan qaytib, talabalar turar joyida hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar, Namangan shahar IIB xodimlari ishtirokida “Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik” kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Namangan shahar IIB hodimi, institut profilaktika inspektori, Namangan shahridagi “Furqat” MFY YoIA yetakchisi, fakultet mutasaddilari va 142 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, axloqsizlik, zo‘ravonlik, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olishga qaratilgan ma'lumotlar bayon qilindi.

Ayniqsa, bugungi kunda keng avj olayotgan kiberjinoyatlardan saqlanish borasi mutaxasislar tomonidan berilgan ma'lumotlar talabalarda katta qiziqish hosil qildi.

NaMQI media markazi 

  • Share :