Davlat stipendiyalari uchun tanlovning suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari uchun tanlovning suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
A'lo baholari va namunali xulqi bilan ajralib turadigan 20 nafar talaba stipendiyalar uchun hujjat topshirgan edi.
Talabgorlar ikki kun davomida ingliz va o‘zbek tillaridagi bilimlarini maxsus tanlov komissiyasi oldida namoyon etdi. Institut rektori Sharifjon Ergashev ular bilan uchrashib, tanlovda muvaffaqiyat tiladi.
NamMQI media markazi