• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Davlat madhiyasi qabul qilinganining 31 yilligi tantanalarida NamMQI jamoasi faol qatnashdi

Namangan viloyati musiqali drama teatrida "Olamni mahliyo aylagan diyor!" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda nuroniylar va yoshlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, ma'naviyat va ma'rifat targ‘ibotchilari, ta'lim sohasi mutasaddilari, harbiylar, OAV, san'at va sport vakillari ishtirok etdi.

Tabrik so‘zidan so‘ng ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jo‘r ovozda kuylandi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.

Ushbu tadbirda birinchi prorektor Odiljon Jakbarov boshchiligidagi institut jamoasi ham faol qatnashdi.

  • Share :