“Buvijonim kiygan liboslar”
NamMQI talabalar turar-joyi “Buvijonim kiygan liboslar” tanloviga mezbonlik qildi.
Institut xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha fakultetlarning barno qizlari o‘zlari tanlagan milliy liboslarni namoyish etdi.
Davrada milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar yangradi.
Qizlarning chiqishlarini xotin-qizlar kengashi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati diqqat bilan kuzatib bordi.
NamMQI media markazi