Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi
2024 yildan abituriyentlar uchun «avval test, keyin tanlov» tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.
Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:
1-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma'lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi.
Dastlabki ma'lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.
2-To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.