Birinchi prorektor Yoshlar kengashi a'zolari bilan uchrashdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan «Bilim va tafakkurimiz shu el uchun, shu yurt uchun» shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan loyihalar, tadbirlar va tanlovlar xususida o‘zaro fikr almashildi.
Yoshlar kengashi a'zolari tomonidan berilgan o‘rinli taklif-mulohazalar tadbirlar reja-grafigiga qo‘shildi.