Bionika laboratoriyasini jihozlash va robototexnika bo‘yicha o‘qitish masalalari muhokama qilindi
NamMQI Transport fakultetining “Transport logistikasi” kafedrasiga “Transformers Education” kompaniyasining vakillari keldi. Ushbu safardan maqsad kafedrada yangi tashkil etilgan “Bionika” laboratoriyasi bazasini butlash bo‘yicha kelishuv shartnomasi shartlarini kelishish va kelgusida yosh kadrlar tayyorlash masalalari ko‘zda tutilgan.
Kompaniya vakillari kafedra mutasaddilari ishtirokida yosh kadrlarni robototexnika bo‘yicha o‘qitishga tayyorlash uchun saralab olish masalalari ham muhokama qilindi.
Jumladan, kafedrada “Transformers Education” ta'lim markazi ko‘magida robototexnika bo‘yicha to‘garak tashkil etish ham rejalashtirildi.
Ma'lumot uchun, “Transformers Education” kompaniyasi 2019 yilda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda eng ilg‘or sohalardan hisoblangan robototexnika va dasturlashga oid videodarslar o‘tish, metodik ko‘mak berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.