«Besh tashabbus olimpiadasi» voleybol bo‘yicha viloyat bosqichida NamMQI jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi
Namangan muhandislik-qurilish instituti sport majmuasida «Besh tashabbus olimpiadasi» 2-mavsum doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida viloyat bosqichi yakuni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning yopilish marosimida viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i AnvarjonTo‘ychiev, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov, institut rektorining maslahatchisi Azizbek Abduvaliev ishtirok eti va sportchilarga Respublika bosqichida omad tiladi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, NamMQI talabalaridan iborat voleybol jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasidasi bahslarda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va shohsupaga ko‘tarildi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.