“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida OTMlar oʻrtasidagi sport musobaqalarida institut vakillari sovrinli oʻrinlarni egalladi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida OTMlar oʻrtasidagi sport musobaqalari yakuniga yetdi.
Yengil atletika, futzal, voleybol, stritbol va stol tennisi boʻyicha boʻlib oʻtgan bellashuvlarda NamMQI vakillari munosib ishtirok etdi.
Jumladan, institut talabalari voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasida ikkinchi, yigitlar oʻrtasida uchinchi, stol tennisida esa ikkinchi oʻrinlarni egalladi.
Institut sport majmuasida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolib va sovrindorlarga diplom va sovgʻalar topshirildi. Tabriklaymiz!