Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibining xonadoni yo‘qlandi
NamMQI Transport fakul'teti 3-bosqich talabasi Oyshaxon Qodirova oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh vakillari qatorida tanlov va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Fakultet dekani o‘rinbosari G‘ayratjon To‘xliev va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliev Oyshaxonning xonadonida bo‘lib, uning oila a'zolari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida zukko talabani o‘stirib, voyaga yetkazgan oila a'zolariga institut rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
NamMQI media markazi