Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibining uyi yo‘qlandi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti mutasaddilari to‘rtinchi bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Anvarxon Majidovning Yangiqo‘rg‘on tumani, Xo‘jasho‘rkent mahallasidagi honadonini yo‘qladi.
Fakultet dekani Abdurahim Qahhorov stipendiatning oila a'zolariga institut rektorining tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi. Esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Iqtidorli talabaga yutuqlari bardavom bo‘lishini tilandi. Kelgusidagi muhim tanlov va bellashuvlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.