Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasining xonadoni yoʻqlandi
Chust tumanining Olmos qishlogʻida boʻlib, Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Husniobod Valijonova xonadonini yoʻqladik.
Husniobodning onasi va bobosi bilan uchrashib, ularga institut rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalarini topshirdik.
—Shunday farzandni oʻstirib, voyaga yetkazganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Husniobodning muvaffaqiyatlari bardavom boʻlishi, ilm yoʻlidagi izlanishlari yanada samarali kechishiga tilakdoshmiz.
Husniobodning onasi va bobosi talabaga berilayotgan eʼtibor va bayram arafasidagi yoʻqlov uchun tashakkur bildirdi.