Belarus milliy texnika universiteti vakillari Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Belarus milliy texnika universiteti marketing, menedjment va tadbirkorlik fakultet dekani, professor Anatoliy Danilchenko hamda ushbu universitet Iqtisod va boshqaruv kafedrasi mudiri, dotsent Natalya Ponomaryova NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida bitiruvchilar BMTU magistraturasiga o‘qishga taklif qilindi. Ularni ushbu universitet va unda tahsil olish bilan bog‘liq ko‘plab savollariga batafsil javoblar berildi.