Aziz professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar, qadrli talabalar!
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz ayyom — Mustaqillikning 32 yilligi bilan tabriklayman. Xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, faoliyatingizga rivoj, o‘qishlaringizda omad tilayman.
Jamoamiz ushbu bayramni munosib tuhfalar bilan qarshi oldi. Yil boshidan hozirga qadar ilmiy daraja olgan hamkasblarimiz soni 25, ilmiy unvon olganlar esa 11 nafarni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtimizda o‘qish istagini bildirgan abiturientlar soni kutilganidan ortiq bo‘ldi.Institutimiz sportchilari xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari bilan quvontirmoqda.
Kuni-kecha uch nafar ustozimiz Prezident farmoni bilan ta'sis etilgan “Mehnat faxriysi” esdalik nishoniga loyiq ko‘rildi.
Institut rektori sifatida bunday yutuqlar bardavom bo‘lishini tilab, shunday jamoada ishlayotganimdan faxrlanishimni yana bir bor ta'kidlab o‘tmoqchiman.
Bayram muborak bo‘lsin! Bunday ayyomlarni yana ko‘p yillar davomida birgalikda nishonlash nasib etsin!
Sharifjon Ergashev,
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori