Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasida jihozlardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan seminar
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida oliy taʼlim muassasalariga yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan 23.09.2024 yilda “Axborot tizimlari va texnologiyalari”kafedrasida seminar tashkil qilindi va amaliy tajriba darslarini olib boradigan o‘qituvchilarga 3D skaner(RangeVison Spectrum), va 3D printer(Crearbot F430)rusumli uskunalardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.