• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

AMALIYOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-son farmonining 16.4-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan 2023 yil 29-31 may kunlariga rejalashtirilgan «Bino va inshootlarni zamonaviy komp'yuter dasturlari yordamida modellashtirish» fani bo‘yicha intensiv kursida NamMQI professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistraturaning “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” mutaxassisligi magistrantlari ishtirok etmoqda. 

Shuningdek, mazkur amaliyotda Respublikamiz olimlari bilan bir qatorda Yaponiyalik seysmolog, professor Chikaxiro Minova ishtirok etmoqda.

Qurilish fakulteti tyutori
T.Jamoliddinov

  • Share :