Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda
Ma’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi.
Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.
Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
- apellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
- shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.