Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 2-milliy anjumani bo‘lib o‘tdi
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) O‘zbekistonda ushbu markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihasi dastlabki natijalariga bag‘ishlangan anjuman Adliya hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari va Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilib, unda oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning negizida tashkil etilgan TIQQMlarning 40 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida markazlar tomonidan ilmiy-texnik ishlanma va loyihalar natijadorligini oshirish, hududlarda seminar-treninglar o‘tkazish, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini ommalashtirish kabi vazifalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Tadbirda NamMQI Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshodbek Abduvahobov ham ishtirok etdi.