9 ta sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” oʻtkaziladi
2024-yil 7-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati boshchiligida 2024/2025-oʻquv yili “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha Sport federatsiyalari vakillari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab 9 ta (futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash) sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror va nizom ishlab chiqishga kelishildi. Yangi oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalarida sport musobaqalari oʻtkazilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.