300 o‘rinli talabalar turar-joyidagi sharoitlar bilan tanishildi
Namangan muhandislik-qurilish institutiga qarashli 300 o‘rinli talabalar turar-joyi ochilish marosimida ishtirok etgan mehmonlar yotoqxonada yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Talabalar to‘rt kishilik, barcha qulayliklarga ega xonalarga joylashtirilgan. Binoning har bir qavatida ma'naviyat va ma'rifat xonalari, sport zallari mavjud.
Turar-joyda tibbiy hamshira, profilaktika inspektori va navbatchilar uchun alohida xonalar ajratilgan. Kelgusida talabalarni arzon narxdagi sifatli taomlar bilan ta'minlash uchun maxsus kafeteriy ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Marosimdan so‘ng mehmonlar va talabalar uchun bayram dasturxoni yozildi. Qur'on tilovat qilinib, ilm yo‘lidagi say'-harakatlarga rivoj va baraka tilandi.
NamMQI media markazi