2025-yil Oʻzbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi
Jamoatchilikning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni Oʻzbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif etdi.
Deputatlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, koʻkalamzor hududlarni koʻpaytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi taʼkidlandi.