11 noyabr O‘zbekistonda dam olish kuni deb e'lon qilinishi mumkin
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi. Tabrikda davlat rahbari 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni, deb e'lon qilish to‘g‘risida taklif bildirgan.