«Uchinchi renessans — yoshlar nigohida» respublikasi bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari taqdirlandi. Ular qatorida NamMQI talabasi ham bor
Tanlovning yakuniy bosqichida oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan 153 nafar yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar ishtirok etdilar.
G‘olib va sovrindorlar:
1-o‘rin 30 mln,
2-o‘rin 20 mln,
3- o‘rin 10 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Sovrindorlar qatorida Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi Murodjon Kamoliddinov ham bor. U «Yoshlarni ilm-fan va innovasiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari» nominasiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tabriklaymiz!