Turkiyaning Kotib Chalabiy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Turkiyaning Izmir shahridagi Kotib Chalabiy universiteti rektori professor Saffet Koʻse va prorektori Yasin Bulduklu bilan uchrashdi.
Oʻzaro muloqot davomida ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Izmir Turkiyaning nufusi jihatidan uchinchi shahri boʻlib, Kotib Chalabiy universitetida 20 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Ulardan 1000 nafardan ziyodi xorijlik, jumladan, oʻzbekistonlik talabalar hisoblanadi.
Universitetning 14 fakulteti sirasida bevosita muhandislik, qurilish va shaharsozlik yoʻnalishlari ham mavjud. Bu esa oliy oʻquv yurtlarining tutash nuqtalari mavjud ekanligini anglatadi.
Yakunda NamMQI va Kotib Chalabiy universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Rektorlar oʻzaro sovgʻalar almashdi.
NamMQI media markazi