Transport fakultetida yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Transport fakultetida yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.
Fakultet dekani professor Bahriddin Mahmudov yigʻilganlarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab, ilk bor institut ostonasini hatlab oʻtgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratdi. Ular bugungi kunning eng baxtli yigit-qizlari ekanligini taʼkidladi.
Viloyat Nuroniy kengashi aʼzosi Yoqubjon Ahmadaliyev, fakultetning sobiq bitiruvchilari—viloyat IIB YXXB Axborot xizmati rahbari Botir Boymirzayev hamda viloyat IIB YXXB texnika nazorati boʻlimi boshligʻi Bunyod Yoʻldoshev talabalar va ustozlarni yangi oʻquv yili bilan qutlab, oʻzlarining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir mehmonlar, ustozlar va talabalarning ommaviy fotosessiyasi bilan yakunlandi.