Transport fakultetida “Konstitusiya — baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi
Unda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Transport fakulteti dekani professor Bahridddin Mahmudov ochib berdi. U yangilangan konstitusiyaning asosiy tamoyillari haqida ma'ruza qildi va ishtirokchilarni qutladi.
Iqtidorli talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi moddalari tanishtirildi, musiqiy va she'riy chiqishlar tashkillandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar fakul'tet dekani tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.