Transport fakulteti talabalari uchun Chortoq tumanidagi xususiy muzeyga sayyohat tashkil etildi
NamMQI media markazi va fakultet mutasaddilari tashabbusi bilan tashkillangan ekskursiya davomida talabalar 2000 dan ortiq noyob eksponat jamlangan muzey bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bu yerda ko‘rgazma uchun qo‘yilgan qadimgi pul birliklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kitob va gazeta-jurnallar, ilk telefon, radio, magnitafon va televizorlar talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ular bunday ekskursiyalar kelgusida yanada ko‘proq bo‘lishi istagini bildirdi.
Talabalar, xususan, muzeyning “Transport” bo‘limiga katta qiziqish bildirdi. Ushbu bo‘limda bolalar o‘yinchoq vositalaridan tortib yuk mashinalari, o‘z vaqtida ichki ishlar xodimlari va rahbarlar tomonidan foydalanilgan noyob avtomobillargacha saqlanmoqda.
NamMQI media markazi