"Tilda, fikrda, ishda birlik" tamoyili ostida faoliyat yuritishga kelishib olishdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlarining navbatdagi tahliliy, tanqidiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni institut yetakchi Diyorbek Soataliyev fakultet hamda yo'nalish koordinatorlarining faoliyati tahlili bo'yicha o'z fikr-mulohazalari bilan boshlab berdi.
Muloqotda talabalar o'rtasida vatanparvarlik g'oyalari, milliy qadriyatlar, ustoz-shogird an'anasi, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, g'olib va sovrindorlarni munosib tarzda rag'batlantirish xususida fikr almashildi.
Yig'ilish so'ngida barcha koordinatorlar "Tilda, fikrda, ishda birlik" tamoyili ostida faoliyat yuritishga kelishib olishdi.