Tayanch doktorantlar o‘rtasida Prezident davlat stipendiyasi tanlovining so‘nggi saralash bosqichi o‘tkazildi
22–23-fevral kunlari respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, salmoqli natijalarga erishgan 2-bosqich tayanch doktorantlar o‘rtasida 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga tanlovining so‘nggi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident davlat stipendiyasiga talabgorlarning 53 nafari belgilangan Nizomga muvofiq tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etdi.
Tanlovda Namangan muhandislik-qurilish instituti "Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari" ixtisosligi 2-kurs doktoranti Hasanboy Shokirov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.