• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tavsiya

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan oliy taʼlim tizimidagi islohotlar mohiyati, ilgʻor xorijiy tajribalar tahlili, tizimda mavjud muammolarning ilmiy yechimlari, taklif, innovatsion yangiliklar, oʻziga xos yondashuvlar uchun minbar — “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnali nashr qilinmoqda.

Yangi formatdagi ilmiy, oʻquv-uslubiy, tahliliy jurnal yiliga 4 marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilib, unda ekspertlar bilan bo‘lgan intervyularni QR kod orqali YouTube hostingida ham ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Mazkur minbarda oʻz fikr, izlanish va takliflaringiz bilan chiqish qilmoqchi boʻlsangiz +998 (71) 207-03-43 (125) telefon raqami hamda rmxat@edu.uz elektron pochtasi yoki @EduJournalBot ga murojaat qilishingiz mumkin.

Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Nashrga obuna @EdujournalObunaBot yoki www.edujournal.uz sayti orqali rasmiylashtiriladi.

Jurnalning elektron shakli bu yerda: https://t.me/edujournal_uz/28

  • Share :