Tataristonda amaliyot o‘tayotgan talabalar buyuk rassom uy-muzeyi bilan tanishdi
KAMAZ zavodida amaliyot o‘tayotgan NamMQI talabalari dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Tatariston Respublikasining yelabuga tumanida bo‘ldi va bu yerdagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.
Jumladan, mashhur rassom Ivan Shishkin uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi. Ushbu muzeydan musavvirning hayoti va ijodiga oid manbalar, qalamiga mansub mumtoz san'at asarlari o‘rin olgan.
Shuningdek, talabalar Naberejniy Chelni shahridagi G‘alaba bog‘ida ham bo‘ldi. Mazkur bog‘da Ikkinchi jahon urushi va Afg‘onistondagi qurolli to‘qnashuvlarda qo‘llanilgan aslahalar, texnika vositalaridan iborat ekspozitsiyalar ko‘zdan kechirildi.