«Tashabbusli byudjet»ning 2-mavsumi 17 iyuldan boshlanadi
Bu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.
2-mavsum 17 iyul kuni soat 10:00 dan start oladi.
1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17 iyuldan 6 avgustgacha;
2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6 avgustdan 26 avgustgacha;
3-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26 avgustdan 15 sentyabrgacha o‘tkaziladi.
Fuqarolar jarayonda ishtirok etish shartlari bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishi mumkin .