• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Taraqqiyot – bu jasoratli mehnat natijasidir!”

Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatlarini o‘rganish bo’yicha, joriy yil 22 dekabr kuni “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda kafedra mudiri A.Isomiddinov 2020 yil 20 dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan yo’llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, jumladan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yil uchun belgilangan muhim rejalarni o’zida aks ettirgan quyidagi 6 ta ustuvor yo’nalishlar va ularning har biriga alohida to’xtalib o’tdi:

1. Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o’tish.

2. “Ijtimoiy davlat” tamoyili asosida hududlarni boshqaruv tizimini isloh etish.

3. Inson huquq va erkinliklari.

4. Ekologiya, atrof-muhit va suv.

5. Erkin bozor mexanizmlari.

6. Iqtisodiyot.

Murojaatnomani o’rganish bo’yicha tashkil etilgan mazkur seminar o’zaro faollik asosida erkin fikr, baxs-munozaralar va savol-javob tarzida samarali tashkil etildi.

A.Isomiddinov “INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI” deb nom olgan yangi 2023 yil bilan kafedra jamoasini tabriklab, ushbu yilda ta’lim sifati va samaradorlik ko’rsatkichlariga yanada ko’proq e’tibor qaratish lozimligi, kafedrada o’qitiladigan fanlarning barcha o’quv-me’yoriy hujjatlari zamon talablari asosida qayta ko’rib chiqilishi, fan dasturlarini tayyorlashda Universitet 3.0 modeli bosh mezon sifatida qaralishi lozimligini alohida ta’kidlab, ilm-fan, ta’lim tarbiya yo’lida sidqidildan, sadoqat bilan mehnat qilish barcha ustoz, muallim va murabbiylarning burchi ekanini e’tirof etdi. Zero, Prezidentimizning ta’birlari bilan aytganda “Taraqqiyot – bu jasoratli mehnat natijasidir!”

  • Share :