Talabalar uchun ming o‘rinli turar-joy qurilmoqda
Viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Namangan muhandislik-qurilish institutining 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi va maktab qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.
“Talabalar uchun namunali turar-joy va innovatsion maktab bunyod bo‘lmoqda. Barcha zaruriy ko‘makni berish lozim”, — dedi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.